O‘zbekiston iqtisodiy kompleksidagi 297 nafar rahbar mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarda sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olindi. “Mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident raisligidagi yig‘ilishda iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etilishi ma’lum qilindi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog‘lanadi.
Prezident “zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik yetishmayotgani” sabab hukumatning iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga (hozir ular 40 nafar) qisqartirish to‘g‘risida topshiriq berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting